AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Xitoy Kommunistik partiyasini Rossiya va Eron hukumatidan ko‘ra Amerika uchun xavfliroq deb topdi, deb haqda u FoxNews telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

“Qo‘shma Shtatlar uchun eng katta xavf Xitoy kommunistik partiyasidan kelmoqda. Kommunistik partiya o‘zining qurolli kuchlarini kuchaytirib, AQShga Rossiya hech qachon qilmaganidek, kirib keldi”, — deydi Pompeo.

Shuningdek, Pompeoning ta’kidlashicha, bu haqda o‘zi tanishgan razvedka ma’lumotlarida so‘z boradi.

Iyul oyida davlat kotibi Xitoy AQSh bilan munosabatlarda SSSRning xatosini takrorlayotganini ma’lum qilgandi. Masalan, ittifoqchilardan uzoqlashish, egalik huquqini inkor etish va qonunlarga rioya qilmaslik. Bundan tashqari, Pompeo Amerika—Xitoy munosabatlarini zamonaviy sovuq urushga qiyoslagan. Uning fikricha, “hozirgi zamon missiyasi” Xitoy kommunistlaridan ozodlikni himoya qilish.

Avvalroq Pentagon AQSh Kongressi uchun Xitoy Qurolli kuchlarining holati to‘g‘risidagi yillik hisobotini e’lon qilgandi. Unda yozilishicha, Xitoy Xalq ozodlik armiyasi kamida mudofaaning uchta sohasi bo‘yicha AQSh armiyasidan o‘tib ketgan.