Mercedes-Benz kompaniyasi amerikalik modelyer, Off-White leyblining asoschisi hamda Louis Vuitton modalar uyi uchun erkaklar kiyimi yo‘nalishiga javobgar Virjil Ablo tomonidan yaratilgan kollabratsiyaga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Konseptual Project Gelandewagen dizayn-loyihasi — bu hashamat borasidagi yangi tasavvur bo‘lib, unda “go‘zalikka va g‘ayrioddiylikka intilish” ifoda etilgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Motor

Ablo tomonidan ishlov berilgan afsonaviy Mercedes-Benz G-Class birlamchi dekordan butunlay “ayrilgan” bo‘lib, ko‘proq haykaltaroshlik namunasiga o‘xshaydi. Tashqi ko‘rinishning tozaligiga peshlavhalar, yon oynalar va hatto eshik tutqichlaridan voz kechish hisobiga erishilgan — ularning o‘rnini tasma egallagan, shuningdek, kuzov to‘liq oq rangga bo‘yalgan.

Qo‘pol va tabiiy estetikani yangi keng “obves”, pasaytirilgan “podveska” va 25 dyuymli Monoblock g‘ildiraklari ajratib turadi, shinalarga Mercedes-Benz va Gelandewagen yozuvlarga tushirilgan.

Foto: Motor

Yo‘ltanlamas saloni mustahkam ishlangan, markaziy elementi — analog qurilmalarga ega old panelning soddalashtirilgan variantini turbasimon xavfsizlik karkasi to‘ldirib turadi, rul esa Mercedes-AMG One giperkariniki. Interyer rangi ham eksteryeriga mos keladi: asosan oq rang, aksentlar — qizil va mayin havorang.

Foto: Motor

Project Gelandewagen art-obyekti 14-sentabr kuni Sotheby’s auksioni orqali sotuvga qo‘yilgadi. Savdodan tushgan mablag‘lar xalqaro ijod hamjamiyatlari va yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlovchi xayriya fondiga yo‘naltiriladi.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor