Qo‘shnisining qiziga uylanayotganini ma’lum qilgan xonanda Vohidjon Isoqov 14-sentabr kuni bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi. Uning to‘yi Tashket City parkida bo‘lib o‘tdi. Vohidjon va Dilnozaxonni tabriklash uchun to‘yga ko‘plab shou-biznes vakillari tashrif buyurdi.

Foto: Instagram / @vohidjonisoqov

Nikoh oqshomida O‘zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov, Yulduz Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Alisher Fayz, Ulug‘bek Rahmatullayev, xonandalar Shohruhxon, Jasur Umirov, Sevinch, Bahrom Nazarov, Nasafiy, Abduvali Rajabov, Yodgor Mirzajonov, Sharof Muqimov, Jasur Mavlonovlar qo‘shiq kuyladi. Vohidjon Isoqovning o‘zi ham Sevinch bilan duet ijro etdi.

Foto: Instagram / @vohidjonisoqov

Foto: Instagram / @vohidjonisoqov

Foto: Instagram / @vohidjonisoqov