Xalq deputatlari Ohangaron tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov tuman hokimligiga Abdurasul Abdullayev nomzodini tavsiya qildi. Bu haqda viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Ta’kidlanishicha, ushbu nomzod sessiya ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan

Abdurasul Abdullayev 1968-yil Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. 1991-yili Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i, “Ipotekabank” ATIB boshqaruvi raisi, “O‘zsanoatqurilishbank” OATB boshqaruvi raisi sifatida ishlagan. 2014-yilda O‘zbekiston aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” boshqaruvi raisi etib tayinlangan. 2019-yilda u Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari — “O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori etib tayinlangan.

Ohangaron tumaniga 2019-yil yozidan buyon Abduvohid Turdiboyev hokimlik qilib kelayotgandi.

Avvalroq Piskent tumaniga yangi hokim va sektor rahbarlari tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.