Pragmaticon startaplarga namunali biznes-reja tuzish, marketing strategiyasini ishlab chiqish, hujjatlarning to‘g‘ri aylanmasini tashkil etish, kelgusidagi rivojlanish uchun sarmoyadorlarni topishda yordam berishi ko‘zda tutilgan. Kompaniya rivojlanishning boshlang‘ich va o‘rta bosqichlarida bo‘lgan istalgan yo‘nalishdagi startap-kompaniyalarga ko‘maklashadi.

Pragmaticon jamoasi tarkibida Payme asoschisi Farruh Ziyayev, “Faktura.uz” asoschisi To‘lqin Yoqubov, Uzcard sobiq direktori va “Daryo.uz” saytining asoschilaridan biri Shuhrat Fayzullayev, shuningdek, moliya, marketing va piar sohalaridagi mutaxassislarni ko‘rish mumkin.

Agar istiqbolli biznes-reja yoki loyihangiz bo‘lsa-yu, uni amalga tatbiq etishga moliyaviy imkoniyatingiz yo‘l bermasa, Pragmaticon’ga murojaat qiling.

pragmaticon.uz saytida anketa to‘ldiring, g‘oyangiz haqida atroflicha, umumiy tarzda so‘zlab bering. Biz bilan birgalikda barcha kerakli hujjatlar to‘plamini tayyorlab, loyihani bozorga olib chiqamiz.

So‘rovlarni to‘ldirish bo‘yicha ma’lumotni pragmaticon.uz saytida olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.