09:42 Kecha // 43683

Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” serialining suratga olish jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch kelgani haqida so‘zlab berdi

Bundan 9 yil avval “Muhtasham yuz yil” serialidagi roli sabab mashhurlikka erishgan Maryam Uzerlining 2013-yilda 3-faslni suratga olish ishlari yakunlanganidan keyin serialni tark etishi muxlislar uchun kutilmagan holat bo‘lgan. Charchatadigan ish grafigi joniga tekkanidan o‘zini robotdek his qilgan aktrisa serialni suratga olish jarayonida duch kelgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi.

Foto: Sm News

Marie Claire jurnaliga bergan intervyusiga qaraganda, turk tilida yaxshi gapira olmagani Maryamga serialni suratga olish jarayonida bir qator qiyinchiliklar keltirib chiqargan. Suratga olish ishlarining boshlaridan turk tili bilan muammolari bo‘lgan, ammo vaqt o‘tishi bilan ularning bartaraf bo‘lib borishi unga motivatsiya bo‘lgan hamda o‘rgangani sari oson bo‘lganini ta’kidlagan.

Foto: Meryem Uzerli

Maryamning turk tilida yaxshi gaplasha olmasligining boisi onasi nemis va otasi turk ekani, ular oilasida nemis tilida gaplashgani va otasi turkcha savol berganida ham nemis tilida javob bergani bilan bog‘liq.

Foto: Gezbulal

Avvalroq aktrisaning ikkinchi marta farzand kutayotgani haqida xabar berilgandi. Maryamning ta’kidlashicha, chaqaloq 2021-yilning yanvar oyida dunyoga keladi.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv