“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Garet Beylning “Tottenhem”ga o‘tayotgan borasida o‘z fikrini bildirdi.

Foto: Getty Images

Garet men sabab ketayotgan haqidagi gaplar meni xavotirga solmayapti, chunki ular noto‘g‘ri. Bizning o‘rtamizda muammo bo‘lmagan. Uning “Real”da erishgan yutuqlarini hech kim tortib ololmaydi. O‘rtamizda muammo bo‘lmagan. Unga faqat eng yaxshisini tilayman.

Transfer haqida u bilan gaplashmadim. Uning “Real”da erishganlari tahsinga loyiq, bu muhokama qilinmaydi. U o‘z darajasini ko‘rsatdi va ko‘plab sovrinlar yutdi.

U o‘ynashi kerak bo‘lgan darajada harakat qilmagani rost, biroq bunga ko‘plab sabablar bor edi.

Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, Beyl ijara asosida “Tottenhem”ga yo‘l olishi ma’lum bo‘ldi. Uelslik futbolchi ayni damda Londonda bo‘lib turibdi va tez orada “Tottenhem” o‘yinchisiga aylanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!