Avstraliyadagi Kvinslend universiteti olimlari insonlar hozirda yo‘qolib ketish xavfi ostidagi 92 va kritik holatda bo‘lgan 11 tur baliqlar bilan oziqlanmoqda. Mutaxassislar ushbu turdagi baliqlarni “tinch qo‘yishni”ni taklif etib, meduzalarga e’tibor qaratishni so‘ramoqda, deb yozadi Phys.org.

Foto: Phys.org

Dastlab “meduzali menyu”ni fastfudlarga joriy etib ko‘rish mumkin.

“Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan fillar yoki tog‘ gorillalarini yeyish fikri kelmaydi-ku”, — deydi olimlar. Ularning fikricha, baliqlarga ham xuddi shu kabi munosabatda bo‘lish kerak.

Endilikda avstraliyalik tadqiqotchilar yo‘qolib ketish xavfi ostidagi bo‘lgan turlarni tutish va iste’mol qilishni taqiqlovchi yoki bu kabi mahsulotlarni markitovka qiladigan maxsus qonunning qabul qilinishiga erishish niyatida.

Shuningdek, olimlar odamlarga butunlay yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan har qanday turlarni iste’mol qilishdan voz kechishni taklif qilmoqda. Masalan, “dengiz quloqlari” deb ataluvchi mollyuskalar yoki midiyalardan.

Avvalroq og‘maxon yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlar qatoriga kiritilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.