Olimlar Yer sayyorasida keng ko‘lamli qurg‘oqchilik boshlanishini ma’lum qildi, deb yozadi Phys.org.

Foto: Regnum

Tadqiqotchilar tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Yerning janubiy yarimshari yuz yillikning o‘rtalariga borib uzoq va kuchli qurg‘oqchilikka duch keladi.

Prognozlar bo‘yicha ushbu hududlarga yog‘adigan yillik yog‘ingarchilik 30 foizga qisqarib ketadi.

Iqlim o‘zgarishi oqibatida 2024-yilga borib o‘rtacha global harorat 1,5 daraja Selsiydan ortiqroqqa, yuz yillik oxirida esa — 3 darajaga ko‘tarilishi mumkin. Bu avvalroq e’lon qilngan prognozlardan ham erta sodir bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, BMTning Butunjahon meteorologiya tashkiloti iyul oyida Janubiy Afrika va Avstraliyada kuzatilgan o‘rmon yong‘inlari tufayli ushbu hududlarda millionlab akr yerlar qovjirab qolgani va 2024-yilda qurg‘oqchilik kuzatilishi, Afrikadagi Saxelya hududida esa namlik miqdori oshib ketishi mumkinligini ma’lum qilgandi.