SpaceX 3-oktabrga o‘tar kechasi uchirilishidan ikki soniya oldin amalga oshirilishi kerak bo‘lgan Falcon 9 raketasi parvozini bekor qildi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.

Foto: RIA Novosti

SpaceX parvoz bekor qilinishi sabablarini hali ochiqlamagan. Parvozni qayta amalga oshirish 3-oktabr kechqurun bo‘lishi kutilmoqda, ammo kompaniya yangi sanani hali rasman tasdiqlamadi.

Raketa uchinchi avlod GPS sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqishi va keyin Florida qirg‘og‘idagi suzuvchi kosmodromga tushishi kerak edi.

SpaceX bundan oldin uchinchi avlod GPS sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga 2018-yilning dekabrida va 2019-yil avgustida muvaffaqiyatli chiqargan edi.

Avvalroq SpaceX bir oyda 180 ta sun’iy yo‘ldosh uchirib jahon rekordini yangilagan edi.