Bollivudda qo‘shiq va raqs azaldan bir-biriga chambarchas bog‘liq. Shuning uchun ham ayrim kino yulduzlari ilk faoliyatini raqqoslikdan boshlagan. Yulduzlar mashhurlikka erishgandan so‘ng endi orqa fonda emas, balki bosh qahramon obrazida namoyon bo‘lmoqda.

Foto: “Yandeks Dzen”

Ranvir Singx

Foto: “Yandeks Dzen”

“Gohi shodlik, gohi g‘am” filmida to‘y sahnasida mashhur aktyorlarning ortida raqs ijro etgan Ranvir Singx hozirda Bollivudning eng iste’dodli va ko‘p qirrali aktyorlaridan biri sanaladi. Shuningdek, aktyor bu darajaga erishishda bir qancha qiyinchiliklarni bosib o‘tdi. Karyerasini raqqoslikdan boshlagan aktyor “Biz yolg‘iz emasmiz” filmidagi taronalarda ham ko‘rish mumkin.

Diya Mirza

Foto: “Yandeks Dzen”

2000-yil “Osiyo go‘zali” va modelga aylangan Diya Mirza Janubiy Hindiston filmlarida yordamchi raqqosa sifatida ish boshlagan. Uni “Hayotimning nafasi” filimga ishlangan klipda ko‘rish mumkin.

Shahid Kapur

Foto: “Yandeks Dzen”

Hindistonlik mashhur aktyor Bollivuddagi faoliyatini 1990-yillarning oxirida musiqiy kliplarda va reklama roliklarida raqqoslikdan boshlagan. U “Sevgi ritmlari” va “Telba yurak” filmidagi qo‘shiqlarda raqs tushgan.

Deyzi Shax

Foto: “Yandeks Dzen”

“Yashasin, g‘alaba!” filmida Salmon Xon bilan rol ijro etgan aktrisa barchaga tanish bo‘lsa kerak. Aktrisa professional raqqosa sifatida bir necha qo‘shiqlarda raqs ijro etgan.

Sushant Singx Rajput

Foto: “Yandeks Dzen”

Sushant aktyor bo‘lishdan avval filmlarda orqa fonda raqsga tushgan. U taniqli xoreograf Shiamak Davarning raqs guruhida ishlagan. Uni Ritik Roshan, Ayshvariya Ray va Priti Zintalar ijro etgan film kliplarida ko‘rish mumkin. Keyinchalik u kino va televizion aktyor sifatida katta shuhratga erishdi. Afsuski, bugun mahoratli aktyor oramizda yo‘q.

Saroj Xon

Foto: “Yandeks Dzen”

Saroj Xon Bollivuddagi taniqli raqs xoreograflaridan biri. U 2000 dan ortiq qo‘shiqlarni sahnalashtirgan. Ammo u xoreografik karyerasidan avval ko‘plab filmlarda fon raqqosi bo‘lgan.

Arshad Varsi

Foto: “Yandeks Dzen”

Arshad Varsi Bollivudga raqqos sifatida kirib keldi va keyinchalik kino sanoatining eng yaxshi aktyorlaridan biriga aylandi. Aktyorning ijrosini “Olov bilan o‘yin” filmi qo‘shiqlarida ko‘rish mumkin.

Fara Xon

Foto: “Yandeks Dzen”

Fara Xon ko‘plab Bollivud filmlarida xoreografik faoliyati bilan tanilgan. U hind filmlarida 100 dan ortiq raqslarni sahnalashtirgan. Bundan tashqari, u raqqosa sifatida ham ishlagan. Masalan, uni Govinda bilan 1986-yil namoyish etilgan “Baxtli bo‘l” melodramasiga ishlangan klipda ko‘rish mumkin.