Nobel qo‘mitasi fizika bo‘yicha mukofot sovrindorlarning nomlarini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: Twitter/The Nobel Prize

Ma’lum qilinishicha, fizika yo‘nalishidagi Nobel mukofoti qora tuynuklarni o‘rgangan uch fizik olim – angliyalik fizik Rojer Penrouz, germaniyalik astrofizik Raynhard Gensel va amerikalik astronom Andrea Gezga topshiriladi.

Penrouz ushbu mukofotga qora tuynuklarning paydo bo‘lishi umumiy nisbiylik nazariyasining ishonchli bashorati ekanligi, Gensel va Gez esa galaktikamiz markazida supermassa qora tuynuk topilganligi uchun sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya va Norvegiyada 5-oktabr kuni Nobel haftaligi boshlandi, haftalik davomida ushbu nufuzli mukofotning 2020-yildagi sovrindorlari aniqlanadi. Bu yilgi ilk Nobel mukofoti gepatit C virusini kashf etganliklari uchun Harvi Olter, Maykl Xauton va Charlz Raysga topshirildi.