15-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva yangi oilaviy fotosessiyani muxlislar e’tiboriga havola etdi.

Feruza Jumaniyozova taniqli san’atkor Umarjon Mahkamboyevning xonadonidagi to‘yda xizmatda bo‘ldi.

“Ko‘zlar aldamaydi”, demoqda xonanda Ozoda Nursaidova.

Shahzoda Matchonova ikki do‘st haqidagi ibratli hikoya bilan bo‘lishdi.

Zarina Nizomiddinova o‘zini Odri Totu obrazida sinab ko‘rdi.

Dilso‘z qo‘shiq aytishga qiziqadigan uch yoshli qizi ijrosi aks etgan video bilan bo‘lishdi.

Manzura tojik tilida kuylangan qo‘shig‘ini taqdim etdi.

Hind aktrisasi Karina Kapur Amir Xon bilan rol ijro etgan Lal Singh filmi suratga olish jarayoni yakunlanganini ma’lum qildi hamda ijodiy jamoaga minnatdorchilik bildirdi.

Mavluda Asalxo‘jayeva 15-oktabr kuni 57 yoshni qarshi oldi. Xonandaning hamkasblari va muxlislari uni tavallud ayyomi bilan muborakbod etmoqda.

Turkiyaga kelin bo‘lgan aktrisa Nargiza Salmonova mamlakatdagi yana bir diqqatga sazovor maskan haqida folloverlariga so‘zlab berdi.

Shahzod Sultonov va Durdona Qurbonova hamkorlikdagi ijod namunasida mashhur hind filmi — “O‘g‘irlanmagan kelin”dagi epizodni takrorladi.