Shifokorlar 51 yoshli bemorning o‘pkasiga tushib qolgan koronavirusga test topshirishda ishlatiladigan aplikatorni operatsiya yo‘li bilan olib tashladi, deb xabar beradi Daily Star.

Foto: “RBK”

Koronavirus infeksiyasini aniqlashga mo‘ljallangan vosita baxtsiz hodisa sabab bemor o‘pkasiga tushib qolgan.

Operatsiyani boshidan o‘tkazilgan ayolga nafas olishda yordam beradigan maxsus traxeostoma-trubka o‘rnatilgan. Bemorga tibbiyot muassasasidan javob berishdan oldin u shifoxonadaligida koronavirusni yuqtirib olgan yoki olmaganini tekshirish kerak bo‘lgan. Traxeostomadan tahlil namunasini nafas olish trubka orqali olish kerak bo‘lgan, biroq aplikator jarayon vaqtida sinib qolgan. Singan bo‘lakni rentgen yordamida aniqlashning imkoni bo‘lmagan va mutaxassislar kompyuter tomografiyasidan foydalangan. Suratlar o‘ng o‘pkadagi dog‘ni ko‘rsatgan. Keyinroq aplikator bo‘lagi chiqarib olingan.

Ta’kidlanishicha, koronavirus testi uchun ishlab chiqarilgan ayrim aplikatorlar shunday usulda yaratilganki, kerakli namuna olingandan so‘ng ularni sindirib tashlash oson bo‘lishi kerak.

“SARS-CoV-2 fonida bemorlar holidan tashvishlanish va himoya kostyumlarida ishlash tibbiyot xodimlar tomonidan xatoliklarga yo‘l qo‘yish xavfini oshiradi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Londonda koronavirus sabab karantin choralari qat’iylashtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.