Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida ko‘cha rassomi Benksi tomonidan chizilgan yangi graffiti paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: AP

Qayd etilishicha, asar muallifligini Benksining o‘zi suratni veb-saytida va Instagram’da joylash orqali tasdiqlagan.

Gap aylana o‘rniga velosiped g‘ildiragini aylantirayotgan qiz tasviri haqida ketmoqda. Graffiti yonida esa bitta g‘ildiragi yetishmayotgan eski velosiped ustunga zanjirlangan.

Benksi ushbu asarni rasman muallifi ekanini tasdiqlamaguncha, tasvir muallifi kim ekanligi haqida munozaralar bo‘ldi. Ayni paytda surat yuvib tashlangan.

Rassom muallifligini tan olgandan so‘ng, Benksining ishini suratga olishni istaganlar devor oldiga yig‘ila boshladi.

Benksi taxallusi bilan tanilgan ko‘cha rassomi 1990-yillarda o‘z tug‘ilgan shahri Bristolda poyezd va devorlarga surat chizishni boshlagan. U butun dunyoga yirik korporatsiyalar ustidan kulishi va siyosiy tusdagi ishlari bilan tanilgan.

Avvalroq Benksi sudda o‘zini oshkor qilmagani uchun eng taniqli asarlaridan birining mualliflik huquqidan mahrum bo‘lgan edi.