18-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Burak O‘zchivit yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

https://www.instagram.com/p/CGfMWX-F5Zd/

Rayhon farzandlari tug‘ilganidan so‘ng hayot mazmuni nimada ekanligini anglaganini ma’lum qildi.

https://www.instagram.com/p/CGcKCxaFiY2/

Shahzoda Matchonova yangi suratlarini sahifasiga joyladi.

https://www.instagram.com/p/CGeoVATJIeJ/

Marhum suxandon va xonanda Shuhrat Qayumovning qudasi, mohir hunarmand Shoolim Shomansur koronavirusdan vafot etdi. U 30-sentabr kuni Toshkent shahridagi xususiy klinikalardan biriga yotqizilgan edi.

Foto: Facebook / Shoolim Shomansur

Jahongir Otajonov yangi klipida tillarang libosda namoyon bo‘ladi.

https://www.instagram.com/p/CGerbvOHmTK/

Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva tez orada muxlislariga yangi ijod namunalarini taqdim etadi.

https://www.instagram.com/p/CGdYzgsJSaJ/

Xonanda Lola Ahmedova Dubayda hordiq chiqarmoqda.

https://www.instagram.com/p/CGcqB3EFAWv/

Hosila Rahimova esa o‘g‘li bilan Istanbulni aylanib, Antalyaga yo‘l oldi.

https://www.instagram.com/p/CGdS2szJ80y/

Aktrisa Bahora Arslonova va uning turmush o‘rtog‘i to‘ylarining ikki yilligini nishonlamoqda.

https://www.instagram.com/p/CGc9_kVhc3H/

Nilufar Usmonova Samarqand shahri kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayramda qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video bilan bo‘lishdi. Ushbu videodagi bir-biriga juda yaqin turgan odamlar xonandaning folloverlarining tanqidiga sabab bo‘ldi. Internet foydalanuvchilari bayramda karantin qoidalariga rioya etilmaganini qoralamoqda.

https://www.instagram.com/p/CGepj-Nh6VN/

Asal Shodiyeva muxlislarining so‘roviga binoan qaynotasi ham aktyor ekanligini, uning juda yaxshi insonligini bildirdi.

Foto: Instagram / @asalshodiyeva