Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 6-turida “Barselona” 17-oktabr, shanba kuni “Xetafe” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘rtacha tempda o‘tdi va darvozalar oldida golli vaziyatlar kam bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida maydon egalari penalti ishlab olishga erishdi. Uni Hayme Mata muvaffaqiyatli ijro etdi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va “Xetafe” ochkolarini 10 taga yetkazib olgan holda yetakchilar qatoriga ko‘tarildi. “Barselona” (7) esa 9-pog‘onaga tushib ketdi.

“Barselona” keyingi turda “Real” bilan o‘ynaydi, “Xetafe” esa “Granada”ni qabul qiladi.

La Liga

6-tur bahsi

17-oktabr, shanba

“Xetafe” — “Barselona” 1:0

Gol: 1:0 – 56, penalti Mata.

“Xetafe”: Soriya, Olivera, Kabako, Suares, Nom, Arambarri, Kukurelya, Maksimovich (Molyexo, 90), Jene, Mata (Unal, 71), Ernandes (Timor, 89).

“Barselona”: Neto, Dest, Serxi Roberto (Puch, 87), Langle, Pike, de Yong (Breytueyt, 80), Buskets, Pedri (Koutinyo, 62), Dembele (Fati, 62), Grizmann (Trinkau, 80), Messi.

Ogohlantirishlar: Pike (24), Mata (27), Kabako (28), Serxi Roberto (41), Nom (73), Olivera (90), Dest (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!