19-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Tohir Sodiqov “Ko‘zing ma’yus” qo‘shig‘ini jonli ijroda kuylangan talqinini sahifasiga joyladi.

Muqaddas Sa’dullayeva Yigitali Mamajonov bilan ikki qiz chaqaloqni ko‘tarib tushgan suratini sahifasiga joylab, egizaklaridan birining tug‘ilgan kuni ekanligini yozib qoldirdi. Bu post aktrisaning muxlislari o‘rtasida biroz tushunmovchilikni keltirib chiqardi.

Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva

Ma’lum bo‘lishicha, qizchalarning biri aktrisa jiyanining farzandi. Chaqaloq uning ikkinchi qizi bilan bir paytda tug‘ilgan.

Munisa Rizayeva folloverlariga motivatsion post yozdi.

Zohirshoh Jo‘rayev ota-onalar haqida ta’sirli so‘zlarni yozdi hamda otasi bilan xizmat jarayoni aks etgan video bilan bo‘lishdi

Ilk bor ona bo‘lish arafasida turgan Bollivud aktrisasi Anushka Sharma yangi suratlari bilan bo‘lishdi.

Nilufar Usmonova muxlislari uchun mashinada raqs tushib berdi.

Hulkar Abdullayeva yangi qo‘shig‘i orqali chilim chekmaslikka undamoqda.

Asal Shodiyeva uzun sochli va milliy libosda tushgan arxiv suratlari bilan bo‘lishdi.

Lola Stories orqali  eri uradigan ayollarga maslahat berdi.

Foto: Instagram / @lolaofficial_

Botir Qodirov Munojot Yo‘lchiyeva xonadonidagi to‘yda xizmatda bo‘ldi.