Hind kinosi iste’dodlarga boy. Har yili yuzlab filmlar suratga olinadi, ularda o‘nlab eng mashhur aktyorlar ishtirok etsa, yana ayrimlariga tanilish uchun imkoniyat tug‘iladi. Bollivudning go‘zal yulduzlari filmlardagi roli uchun qancha gonorar oladi? Marhamat, ular bilan tanishib chiqing.

8-o‘rin: Sonam Kapur

Foto: “Yandeks Dzen”

Sonam Kapurning “Sevgi hikoyalarini yomon ko‘raman” filmidagi ishtiroki barchaga tanish. Aktrisa eng talabgor 8 ta aktrisaning oxirgi pog‘onasidan joy oldi, muhimi u ushbu ro‘yxatda mavjud. Sonam bitta film uchun 1 363 000 dollar daromad oladi.

7-o‘rin: Aliya Bxatt

Foto: “Yandeks Dzen”

Bollivudning eng yosh aktrisalaridan biri bo‘lishiga qaramay, uning natijasi bugungi kun uchun juda yaxshi. Aktrisa 7 yil davomida 12 ta filmda rol ijro etib, mashhurlikka erishdi. Mashhurlik cho‘qqisiga yo‘l olgan aktrisaning bir filmdagi ishtiroki uchun 1 432 000 dollar pul to‘lanadi.

6-o‘rin: Anushka Sharma

Foto: Makers India

“Tangri yaratgan juftlik”, “Toki hayot ekanman”, “PK” kabi filmlardan so‘ng o‘zining iste’dodi tufayli eng mashhur aktrisalar qatoridan joy olgan Anushka Sharma hozircha 6 o‘rinni egallab turibdi. U o‘zining mahorati bilan, albatta, 1-o‘ringa erishishi shubhasiz. Ayni damda uning bitta filmdan oladigan gonorari 1 500 000 dollarni tashkil etadi.

5-o‘rin: Karina Kapur

Foto: “Yandeks Dzen”

San’atkorlar oilasining vakili Karina Kapur bir necha yillar davomida ko‘plab filmlarda ishtirok etib kelmoqda. Hatto u oilasi va farzandi bilan ham suratga olish ishlarini to‘xtatgani yo‘q. Aktrisaning muxlislari u ishtirok etgan filmlarni yillar o‘tsa-da tomosha qilishdan charchamaydi. Aktrisa bir necha yillik tajribasidan kelib chiqib, har bir filmdagi ijrosini 1 568 000 dollarga baholadi.

4-o‘rin: Katrina Kaif

Foto: “Yandeks Dzen”

Aksariyat tomoshabinlar Katrinaning aktrisalikdan ko‘ra raqqosalik qobiliyati kuchliroq deb biladi. Ammo uning filmdagi ijrosini yuqori baholaydigan muxlislari talaygina. Latofatli aktrisa gonorar bo‘yicha ro‘yxatning to‘rtinchi o‘rnini 1 637 000 dollar bilan egallab turibdi.

3-o‘rin: Ayshvariya Ray

Foto: “Yandeks Dzen”

“Dunyo go‘zali” Bollivudning eng ko‘p gonorar oladigan aktrisalar uchtaligiga kirdi. Aktrisaning birgina film uchun olayotgan gonorari 1773 000 dollarni tashkil etmoqda.

2-o‘rin: Priyanka Chopra

Foto: “Yandeks Dzen”

So‘nggi yillarda go‘zal aktrisa Gollivudda ham ko‘rinish bermoqda. Chindan ham u Bollivudda mashhurlikka erishib bo‘lgan. Garchi oxirgi damlarda filmlarda kamnamo bo‘lsa-da, aktrisaning daromadi yuqoriligicha saqlanib qoldi. Har bir kartinadagi daromadi 1 774 000 dollarga to‘g‘ri keladi.

1-o‘rin: Dipika Padukone

Aktrisa yosh bo‘lishiga qaramay turli xil filmlardagi ishtiroki tufayli ro‘yxatning birinchi o‘rnini egalladi. Chindan ham u o‘z o‘rniga munosib. Uning gonorari 1 909 000 dollarni tashkil etadi.