Yaqinda farzandli bo‘lgan qo‘shiqchi Keti Perri va aktyor Orlando Blum Kaliforniyaning Montesito hududidan hashamatli uy sotib oldi. Ushbu koshona narxi 14,2 million dollar, deb yozadi Variety.

Foto: The State

Uy derazasidan okean ko‘rinib turadi. Bundan tashqari, Keti va Orlandoning juda ham mashhur qo‘shnilari bor — shahzoda Garri va Megan Markl.

Ushbu ulkan uy 1934-yilda qurilgan bo‘lsa-da, hozirga qadar ajoyib holatda saqlangan. To‘rtta alohida, biroq qo‘shni yer uchastkalaridan iborat yopiq majmuaga emanlar ekilgan uzun yo‘l eltadi. Avtomobil yo‘li asosiy uyga qadar bo‘lib, undan narida mayda shag‘al yotqizilgan uch qavatli villaga chiqiladi.

Foto: The State

Uy ichidan katta oshxona, anjumanlar zali va shaxsiy kabinet o‘rin olgan. Bundan tashqari, to‘rtta yotoqxona, bir nechta yuvinish xonasi va alohida garderob mavjud.

Foto: The State

Uy yoniga to‘rtta avtomobil sig‘adigan garaj va alohida mehmonlar uchun uy qurilgan. Bu hali hammasi emas: shuningdek, basseyn ham bor, uning yonida esa bir nechta yotoqxonaga ega yana bir uy. Koshona qarshisida sport maydonchasi, turli haykaltaroshlik namunalari va bir nechta fontan joylashgan.

Foto: The State

Foto: The State

Foto: The State

Foto: The State

Foto: The State

Foto: The State

Foto: The State

Foto: The State