24-oktabr, shanba oqshomida Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da UFC 254 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

Musobaqaning asosiy jangi yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedov (29-0) va vaqtinchalik chempion Jastin Getji (22-3) o‘rtasida kechdi.

Dastlabki raundda ochiq jang kechdi, Getji oyoq zarbalarini ko‘proq yo‘llagan bo‘lsa, Habib jeblar ijro etishda faol bo‘ldi. Ikkinchi raundda rossiyalik yakkakurashchi raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab, uni uxlatib qo‘ydi.

Shu tariqa Habib Nurmagomedov MMA’dagi ketma-ket 29-g‘alabasini qayd etdi va UFC’da chempionlik kamarini himoya qildi

UFC 254 musobaqasi barcha janglarini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.