Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Jastin Getji Habib Nurmagomedov yig‘lab yuborgan vaqtda unga nimalar deganini aytdi.

Foto: BT Sport

Nurmagomedov UFC 254 musobaqasining asosiy jangida Getjini ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan taslim etdi. Shundan keyin Habib ko‘z yoshlarini tiya olmadi va bir qancha vaqtda yig‘ladi.

Habibga shunday dedim: “Otangni o‘limidan keyin senga avvalroq yuzlana olmadim, uni yo‘qotganingdan juda afsusdaman. Hozirgina uni g‘ururlanishga majbur qilding”.

Jastin Getji, UFC jangchisi

Bu Habib uchun otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limidan keyingi ilk jang edi. Rossiyalik sportchi jangdan keyin oktagonning o‘zida faoliyatini tugatishini ma’lum qildi.

UFC 254 musobaqasi barcha janglarini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.