Telegram’dagi “Exo Uzbekistana” kanalida UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni olib ketayotgan avtovoz avariyaga uchragani tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

Foto: Telegram / “Exo Uzbekistana”

Videodan ko‘rish mumkinki, Andijon viloyatiga tegishli davlat raqamiga ega avtovoz yo‘lda harakatlanish vaqtida boshqa bir yuk mashinasi bilan yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Avtovoz ustidagi Nexia va Cobalt avtomobillariga jiddiy zarar yetgan, ayrimlarining orqa bamperi osilib qolgan bo‘lsa, ba’zilarining yukxonasi pachoqlangan.

Foto: Telegram / “Exo Uzbekistana”

Avariya nima sababdan va kimning aybi bilan yuzaga kelgani to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rtasidagi avtomobil narxlari bilan bog‘liq sud jarayoni 2-oktabr kunidan buyon davom etmoqda. 9-oktabrda o‘tkazilgan sud majlisida UzAuto Motors tovarlar narxini shakllantirish maxfiy hujjatlarga asoslanganini bildirgan va sud 16-oktabrdagi majlisda ishni yopiq tartibda ko‘rishni boshlagan.