Sirdaryo viloyatida piyodani urib ketib, voqea joyidan qochib ketgan noma’lum avtomashina haydovchisi qidirilmoqda, deya xabar bermoqda viloyati YHXB.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 26-oktabr kuni Mirzaobod tumani hududidan o‘tgan Yangiyer–Toshkent yo‘nalishida noma’lum avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 1991-yilda tug‘ilgan piyoda P.A.ni urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan. Piyoda shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘onada haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli o‘quvchi, Sergelida MAN yuk mashinasi va Navoiyda Nexia yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib ketgani haqida xabar berilgandi.