Sirdaryoda Nexia va Chevrolet Niva ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-tansport hodisasi oqibatida ikkala mashina ham yonib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lumotlarga ko‘ra, 26-oktabr soat 18:45 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan o‘tgan 4R33 avtomobil yo‘lining 9 kilometrida Guliston—Uchtom yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Nexia haydovchisi katta tezlikda bo‘lgani uchun boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan. Natijada avtomobil yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga o‘tib ketgan va ushbu yo‘nalishda kelayotgan Chevrolet Niva rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Takidlanishicha, to‘qnashuv natijasida yong‘in kelib chiqib, transport vositalari butkul yonib ketgan.

Haydovchilarga yong‘indan zarar yetmagan, YTH natijasida haydovchilar yengil tan jarohati olib, Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Avvalroq Sirdaryoda Nexia va MAN ishtirokida yuz bergan YTH natijasida yengil avtomobil, shuningdek, Toshkent shahrida Nexia Lacetti bilan to‘qnashuvi oqibatida yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.