Amerikaning CarCookieCutters saytida turli avtomobillar, shuningdek, ularning ehtiyot qismlari va markalarning logotiplari ko‘rinishida pechenye tayyorlashda yordam beradigan shakllar sotuvga qo‘yildi. Bu kabi oshxona aksessuarining narxi 7 dollardan boshlanadi, deb xabar beradi Motor.

Foto: CarCookieCutters

Avtomobilli pechenyeni tayyorlash uchun 3D printerda chop etilgan maxsus shakldan foydalanish kerak. Ayni vaqtda Amerika portal orqali Audi, BMW, Ford, shuningdek, Honda va Toyota’ning turli modellari shaklini xarid qilish mumkin.

To‘laqonli avtomobildan tashqari ularning dizayni elementlari va mashina interyeriga oid turli shakllar ham bor. Masalan, Lexus, Tesla, Subaru yoki BMW logotipi ko‘rinishidagi pechenyelarni tayyorlash mumkin. Shuningdek, oshxona aksessuarlari rul chambaragi, radiator panjarali faralar yoki shinalar tayyorlash imkonini ham beradi.

Foto: CarCookieCutters

Mazkur oshxona aksessuarining narxi 7 dollardan boshlanadi. Ushbu pulga bitta markaning logotipini xarid qilish mumkin xolos. 10 dollar esa to‘liq avtomobil shakliga ega pechenye tayyorlasa bo‘ladi, 15 dollarga avtomobil jamlanmasi sotiladi.

Foto: CarCookieCutters

Foto: CarCookieCutters

Foto: CarCookieCutters

Foto: CarCookieCutters

Foto: CarCookieCutters

Foto: CarCookieCutters

Foto: CarCookieCutters