18:23, 29.10.2020 // 23676

Jigarga smetana va piyoz qo‘shib dimlab pishiramiz

Salomatlik uchun foydali va mazali taomni kechki ovqatga tayyorlang.

Foto: “So vkusom”

Kerakli mahsulotlar:

  • Jigar go‘shti — 500 gr
  • Piyoz — 2 dona
  • Smetana — 2 osh qoshiq
  • Tuz, murch;
  • O‘simlik yog‘i.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Jigarni yaxshilab yuvib, tozalab oling.
  • Katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘lib oling, keyin yana sovuq suvda yuving.
  • Piyozni maydalang.
  • Jigar va piyozni qo‘shib, tuz va murch seping.
  • Smetana qo‘shing, yaxshilab aralashtiring va 10-15 daqiqaga qo‘yib qo‘ying.
  • Qizigan tovaga aralashmani soling va 50 daqiqa davomida dimlab pishiring.

Yoqimli ishtaha!

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv