Maykl Jekson pop madaniyatida yorqin iz qoldirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Maykl ko‘p bolali oilada voyaga yetgan. Uning otasi farzandlarga nisbatan juda ham qattiqqo‘l bo‘lgan. Bu esa Mayklning ruhiyatiga ko‘proq ta’sir qilgan.

Foto: “Domashniy ochag”

Ulg‘aygach yulduzga aylangan Maykl musiqa qiroli Elvis Preslining qizi Liza Mariya Presli bilan turmush qurgan. Ularning turmushi uzoqqa bormadi, lekin oradan ko‘p o‘tmay uning hayotida hech kim tanimaydigan hamshira Debbi Rou paydo bo‘ladi. Xabarga ko‘ra, Maykl qiz bilan vitiligo kasalligini davolash uchun Avstraliya klinikasida tanishgan. Maykl va Rouning turmushi ma’lum shartlarga ko‘ra qurilgan. Maykl chindan ham ota bo‘lishni istar, Rou esa unga yordam berishga qaror qilgan edi. Shundan so‘ng sun’iy urug‘lantirish yo‘li bilan Prins Maykl Jozef Jekson va Peris Maykl Ketrin Jekson dunyoga keldi. Rou o‘sha zahoti bolalarga bo‘lgan har qanday huquqlaridan voz kechgan.

Foto: “laykni.com”

Buning uchun Maykl Beverli-Xillzdagi hashamatli qasrini sovg‘a qilgan. Lekin tez orada shartnoma buzildi, shartlarga ko‘ra, Rou bu sirni saqlashi kerak edi. Ammo hamshira qiz jurnalistlarga bu haqda ma’lumot berdi va barcha boyligini yo‘qotdi. Yulduzning uchinchi farzandi Maykl Jekson II surrogat ona ishtirokida dunyoga kelgan. Shuningdek, Mayklning o‘limidan so‘ng Rou farzandlar Mayklniki emasligi haqida ham aytib o‘tgan.

Foto: “laykni.com”

Prins Maykl Jozef Jekson – menejer va rejissor

Foto: “Domashniy ochag”

2009-yil Maykl Jekson vafot etganida uning katta o‘g‘li atigi 12 yoshda bo‘lgan, qizi 11, kenjasi esa 7 yoshda edi. Hozir ularning barchasi ulg‘aygan. Yulduzning katta o‘g‘li rejissorlik va prodyuserlikka qiziqadi. U kliplar suratga olish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, universitetda biznes menejeri bo‘yicha tahsil ham oldi. Bundan tashqari zo‘ravonlikdan aziyat chekkan bolalarga yordam berish, uysiz va afroamerikaliklarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlarida faol ishtirok etadi. 2020-yil koronavirus pandemiyasi sababli shifokorlar uchun oziq-ovqat, kambag‘allarga kerakli mahsulot va dori vositalarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi. U tez-tez velosipedda yurishni yoqtiradi, uni tezkorlik bilan haydash unga muammolarni unutish va erkinlikni his qilishga yordam beradi.

Peris Maykl Ketrin Jekson – model va aktrisa

Foto: “Domashniy ochag”

Peris otasining o‘limini juda qattiq qabul qildi. Hattoki u o‘z joniga bir necha bora qasd qilishga ham urinib ko‘rgan. Otasining dunyodan ketishi tufayli u hayotidagi ma’noni tamoman yo‘qotgan edi. U hech kimni ko‘rishni xohlamas, hech kim bilan muloqot qilishni istamas edi. Shunchaki yashashni yomon ko‘rib qolgandi. Yaxshiki, 15 yoshli qizning uning sog‘lig‘i bilan psixologlar jiddiy shug‘ullandi. Va nihoyat mutaxassislar Perisga yordam berishga muvaffaq bo‘ldi. Otasining vafotidan keyin u akasi va buvisi bilan yashay boshladi. Buvisi ham nabiralarining yaxshi yashashi uchun bor kuchi bilan harakat qildi. Perisning bir orzusi bor edi – onasini topish. U maqsadiga erishdi, ammo Roudan darhol ko‘ngli qoldi. Ularning dunyosi turlichaligi uchundir, balki. Oradan ko‘p o‘tmay u onasining davosiz kasallikka uchragani haqida xabar topdi va oradagi munosabatlarni qayta tiklashga qaror qildi.

Foto: “laykni.com”

Peris chindan ham go‘zal qiz, u model va aktrisa sifatida jurnal muqovalarida tez-tez ko‘rinish beradi. Teledastur va videofilmlarda rol ijro etadi, 2018-yil uning ishtirokida “Xavfli biznes” badiiy filmi namoyish etildi. Shuningdek, u futbolchi Chester Kastello bilan turmush qurdi va ko‘p o‘tmay ularning turmushi barbod bo‘ldi. Perisning eng yaqin insonlari akasi va ukasi. Ular pul yig‘ib, Maykl Jeksonning Neverland ko‘chmas mulkini qayta sotib olishni orzu qiladi. Chunki ular bir vaqtlari o‘sha yerda juda baxtli hayot kechirgan edi.

Maykl Jekson II – jang san’ati bilan shug‘ullanadi

Foto: “Domashniy ochag”

Jeksonning kenja o‘g‘li uchun surrogat ona bo‘lgan ayol kim ekanligi hali ham noma’lum. Prins II oilada Blankett degan nomni olgan, ammo u ulg‘aygach o‘z ismini o‘zgartirishga qaror qildi. Endi uning ismi Biggi Jekson. U xususiy maktabda ta’lim oladi va bo‘sh vaqtlarini jang san’ati bilan shug‘ullanishga bag‘ishlaydi.

Biggi 18 yoshga to‘lganida mustaqil yashashga qaror qildi va buvisini tark etdi. U omma e’tiboriga tushishdan qochadi va yakka turmush tarzini olib boradi. Xalqning oldida faqatgina uni xayriya tadbirlarida ishtirok etganda ko‘rish mumkin. U temperament jihatidan akasi va opasidan tamoman farq qiladi va ilmiy faoliyatga ishtiyoqmand bo‘lib, o‘qishga jiddiy yondashadi.