O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning milliy bayrami – Respublika e’lon qilingan kun munosabati bilan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga tabrik yo‘lladi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, maktubda so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, infratuzilma va moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanib, tom ma’noda strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Davlat rahbari Turkiya yetakchisi va oila a’zolariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning serqirra hamda mas’uliyatli faoliyatiga yangi zafarlar va tuganmas kuch-g‘ayrat, qardosh turk xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tilagan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarni qabul qilgandi.