Lamborghini kompaniyasi tashqi ko‘rinishi ustida taniqli yapon dizayneri Yodzi Yamamoto ishlagan yangi Aventador S —Yamamoto superkari versiyasini taqdim etdi. Qora kuzov dizeyner uchun “xolst” vazifasini o‘tagan, deb yozadi Motor.

Foto: Lamborghini

Aventador S’ning Yamamoto uslubidagi maxsus versiyasini yaratish g‘oyasi italyan markasi bosh dizayneri Mite Borketru tomonida ilgari surilgan. Bu kabi qarorga u yaponiyalik rassomning Parijdagi kolleksiyasini ko‘rgandan so‘ng kelgan. Bosh dizayner qora, oq va qizil ranglar kontrastidan hayratga tushgan. Yamamoto superkar taqdimotiga palto, kurtka va xuddi (“kapyushon”) kabi kiyim-kechak kolleksiyasini ham tayyorlagan. Ular ham xuddi kupe uslubida bezatilgan — qizil va oq ranglar va Lamborghini logotipi ostidagi imzo bilan.

Foto: Lamborghini

Art-obyektga aylantirilgan Aventador S Tokioda Lamborghini Lounge’ning ochilish marosimida taqdim etildi — bu Italiya markasining taqdimot o‘tkazadigan dunyodagi ikkinchi maskaniga aylandi (Nyu-Yorkdan keyin). Shuningdek, u yerda Ad Personam dizaynerlik studiyasi ham joylashgan bo‘lib, mijozlar o‘zlarining Lamborghini’lariga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

Foto: Lamborghini

Aventador S 740 ot kuchi va 690 Nm aylanuvchi momentni taqdim etishga qodir 6,5 litrli V12 atmosfera motori yordamida harakatga keladi. Dvigatel yetti pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Superkar soatiga 100 kilometr tezlikka uch soniyada erishadi, maksimal tezligi — 350 km/soat.

Foto: Lamborghini

Foto: Lamborghini

Foto: Lamborghini

Foto: Lamborghini

Foto: Lamborghini