Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 2-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 29-oktabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

“Lester” safarda AEK bilan o‘ynadi. Jeymi Vardi va Hamza Choudurining gollariga maydon egalari bir javob qaytara oldi. Guruhning ikkinchi o‘yinida “Braga” mehmonda “Zarya”dan ustun keldi. “Lester” va “Braga” o‘zaro o‘yin oldidan 6 ochko to‘plagan holda peshqadamga aylangan.

H guruhi yetakchisi “Milan” o‘z uyida “Sparta”ni qabul qildi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Brahim Dias o‘z boshlagan hujumni chiroyli gol bilan yakunladi. Ikkinchi bo‘limda Rafael Leau va Diogu Dalot mehmonlar darvozasi tomon yo‘l topa oldi. Guruhning narigi o‘yinida “Lill” va “Seltik” jangovar durang qayd etildi.

“Tottenhem” Belgiyaga safar qilib, “Antverpen”ga qarshi maydonga tushdi. Mezbonlar Lior Rafayelovning yagona goli evaziga g‘alabaga erishdi. Gollarga boy bo‘lgan ikkinchi o‘yinda esa LASK jamoasi g‘olib chiqdi.

Yevropa Ligasi

2-tur bahslari

29-oktabr, payshanba

G guruhi

AEK Gretsiya — “Lester” Angliya 1:2

Gollar: 0:1 – 18, penalti Vardi, 0:2 – 39 Chouduri, 1:2 – 48 Tankovich.

“Zarya” Ukraina — “Braga” Portugaliya 1:2

Gollar: 0:1 – 3 Paulinyu, 0:2 – 11 Gaytan, 1:2 – 90+6 Ivanisenya.

H guruhi

“Milan” Italiya — “Sparta Praga” Chexiya 3:0

Gollar: 1:0 – 24 Brahim Dias, 2:0 – 57 Rafael Leau, 3:0 – 66 Diogu Dalot.

“Milan”: Teterushanu, Kyer, Kalabriya (Konti, 68), Diogu Dalot, Romanyoli (Leo Duarte, 81), Kastilyexo, Krunich (Maldini, 88), Tonali, Bennaser (Kessie, 81), Brahim Dias, Ibragimovich (Rafael Leau, 46).

“Sparta Praga”: Gecha, Lishka (Plexatы, 80), Ganousek, Chelyustka, Vinnheym, Pavelka, Sachek, Kreychi (Moberg-Karlsson, 63), Dochkal (Patrak, 90), Travnik (Karabets, 80), Yulish (Kozak, 63).

Ogohlantirishlar: Dochkal (28), Lishka (36), Pavelka (52).

“Lill” Fransiya — “Seltik” Shotlandiya 2:2

Gollar: 0:1 – 28 Elyunussi, 0:2 – 32 Elyunussi, 1:2 – 67 Chelik, 2:2 – 75 Ikone.

I guruhi

“Sivasspor” Turkiya — “Makkabi” Isroil 1:2

Gollar: 1:0 – 55 Kayode, 1:1 – 68, penalti Biton, 1:2 – 74 Perets.

“Qorabog‘” Ozarbayjon — “Vilyarreal” Ispaniya 1:3

Gollar: 1:0 – 78 Ovusu, 1:1 – 80 Pino, 1:2 – 84 Pako Alkaser, 1:3 – 90, penalti Pako Alkaser.

J guruhi

LASK Avstriya — “Ludogorets” Bolgariya 4:3

Gollar: 1:0 – 2 Balich, 2:0 – 11 Gruber, 2:1 – 15 Manu, 3:1 – 34 Raguj, 4:1 – 55, avtogol Verdon, 4:2 – 67 Manu, 4:3 – 73, penalti Manu.

“Antverpen” Belgiya — “Tottenhem” Angliya 1:0

Gol: 1:0 – 29 Rafayelov.

“Antverpen”: Byute, Sek, Jelen, de Lat, Yuklered, Ongla (Verstrate, 70), Miyesi (Buta, 58), Gerkens, Xarun, Rafayelov (Benavente, 88), Mbokani.

“Tottenhem”: Lyoris, Sanches, Devis, Orye, Regilon, Alli (Lamela, 46), Lo Chelso (Hyoyberg, 46), Bergveyn (Lukas Moura, 46), Uinks, Beyl (Keyn, 58), Vinisius (Son Hyon Min, 46).

Ogohlantirishlar: Sek (20), Rafayelov (49), Verstrate (84), Mbokani (90).

L guruhi

“Srvena Zvezda” Serbiya — “Slovan L” Chexiya 5:1

Gollar: 1:0 – 7 Ben-Nabuan, 2:0 – 21 Ben-Nabuan, 2:1 – 41 Matoushek, 3:1 – 49 Gayich, 4:1 – 67 Katai, 5:1 – 69 Falchinelli.

“Gent” Belgiya — “Hoffenhaym” Germaniya 1:4

Gollar: 0:1 – 35, penalti Belfodil, 0:2 – 52 Grillich, 0:3 – 73 Gachinovich, 1:3 – 90 Klyayndinst, 1:4 – 90 Dabbur.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!