O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov, “Navbahor” jamoasi sardori Azimjon Ahmedov, taniqli aktyor Yoqubjon Ahmedovning otasi Olimjon Ahmedov vafot etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Instagram / @Ahmedov.Azim

Olimjon Ahmedov 31-oktabr, shanba kuni 65 yoshida vafot etgan. U uzoq yillar mobaynida “Namangan avtotexxizmat” korxonasida mehnat qilib, shu yerdan nafaqaga chiqqan. Oilada 4 o‘g‘il, bir qizni tarbiyalab, el-yurt xizmatiga kamarbasta farzandlar etib voyaga yetkazgan.

Janoza namozi asrdan so‘ng Ahmedovlarning Namangandagi xonadonida o‘qilishi aytilmoqda.