Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida “GAZ-53” yuk mashinasi velosipedchini urib yubordi, deb xabar bermoqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 29-oktabr kuni Sirdaryo viloyatida haydovchi “GAZ-53” yuk mashinasini Oqoltin tumani hududidan o‘tgan Samarqand—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haydab ketayotganida o‘zi bilan bir yo‘nalishda velosipedda ketayotgan Sh.A.ni orqasidan urib yuborgan.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati

Oqibatda velosipedchi olgan og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.