Baby Shark (“Kichkina akula”) qo‘shig‘iga ishlangan videoklip YouTube’da eng ko‘p tomosha qilingan videorolikka aylandi. U hozirga qadar 7 milliard martadan ortiq ko‘rilgan, deb yozadi The Guardian.

Kadr: YouTube

Qo‘shiqni 10 yoshli Xuop Segoyn ijro etgan. Kompozitsiya Janubiy Koreyaning Pinkfong ta’lim dasturi doirasida yozilgan va videoplatformada 2016-yili e’lon qilingan.

Ta’kidlanishicha, qo‘shiq dastlab Janubi-Sharqiy Osiyoda, so‘ng AQSh va Yevropada mashhurlikka erishgan.

Baby Shark bundan oldingi rekordchi — Luis Fonsi va Deddi Yankining Despacito qo‘shig‘ini ortda qoldirgan (7,03 milliard marotaba tomosha qilingan).

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida dunyoga mashhur italiyalik tenor Andrea Bochellining Pasxa bayrami munosabati bilan bo‘m-bo‘sh Milan soborida bergan konserti bir sutkada YouTube’da tomosha qilishlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatgandi.