Samarqand viloyati Payariq tumanida Damas avtomashinasi yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib yuboradi, deya xabar bermoqda viloyati IIB YHXB.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 1-noyabr kuni Payariq tumani 4R-48 avtomobil yo‘lining 24-kilometrida Damas avtomobili tezlikni oshirishi natijasida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan mast piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda olgan tan-jarohatlari natijasida voqea joyida halok bo‘lgan.

Voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan mas’ullar yo‘lning holati va piyodalarning o‘tishiga yaratilgan sharoitni o‘rgangan.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda