Britaniyalik bloger Mett Denton plastik ehtiyot qismlardan dunyoga mashhur Lego konstruktori uslubida yaratilgan yangi poyga mashinasi versiyasini yasadi. Muhandis 3D-printerda chop etilgan o‘zining transport vositasini soatiga 50 kilometr tezlikda haydashga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.

Kadr: YouTube

Poyga mashinasining asosini 1985-yilgi Lego Technic original konstruktori tashkil etgan. Mett mashinaning birinchi versiyasini yasash uchun 3D-printerda Daniya kompaniyasi jamlanmasining 8 barobar katta aniq nusxani yaratdi. Xaritani yig‘ish uchun bloger Lego’ning rasmiy instruksiyasidan foydalangan. Natijada u ichiga o‘g‘li sig‘a oladigan to‘laqonli ishlovchi prototipni yaratishga erishgan.

Shundan so‘ng bloger noodatiy mashinaga katta odam sig‘a olishi uchun takomillashtirgan. Shu bilan birga, poyga mashinasi erkakning og‘irligini, shuningdek, tezlik yuklamasini ko‘tara olishi kerak bo‘lgan. Buning uchun Mett transport vositasining konstruksiyasini kuchaytirgan. Bundan tashqari, ishlar yakunida muhandis kovushsimon o‘rindiq, “podshipnik”, shuningdek, tormoz diskalari, quvvati 3,5 kilovattga teng elektromotor va batareyalarini o‘rnatgan.

Bloger noyob mashinani ochiq maydonchada sinashga qaror qilgan. Drayv-test davomida erkak mashinani soatiga 50 kilometr tezlikda haydashga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq Bentley markasining 100 yillik yubileyi munosabati bilan cheklangan seriyada taqdim etilgan Blower modellari ortidan kompaniya ishqibozlaridan biri Lego konstruktori yordamida afsonaviy modelning nusxasini yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.