Sirdaryo viloyatida Nexia-2 avtomobili yo‘ldan o‘tayotgan ona-bola piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda viloyati IIB axborot xizmati.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB

Qayd etilishicha, 2020-yilning 3-noyabr kuni soat 19:00 da Guliston shahar IIO FMBga tushgan xabarga ko‘ra, Guliston shahar “Ahillik” mahallasi hududidan o‘tuvchi O‘zbekiston shohko‘chasida fuqaro T.X o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga o‘tayotgan fuqaro R.U. va Y.F. (ona-bola)ni urib yuborib YTH sodir etgan.

Natijada fuqaro R.U chap umrov suyagi o‘rta uchligidan yopiq sinib siljishi tashxisi bilan Guliston shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Guliston shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda Damas urib ketishi natijasida velosipedchi, Samarqandda Damas urib ketishi natijasida yo‘lni kesib o‘tayotgan mast piyoda, Toshkentda “Jiguli”  urib ketishi natijasida yo‘lni piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan o‘quvchi vafot etgani haqida xabar berilgandi.