AQShda yangi prezidentni saylash jarayonlari davom etayotgan bir vaqtda Kentukki shtatining Rebbit-Hesh shahri merini saylash bo‘yicha saylovoldi poygasi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Esquire.

Foto: Facebook / Rabbit Hash Historical Society

Ovoz berish jarayonlari yakuniga ko‘ra, shaharning yangi rahbari etib Uilbur laqabli fransuz buldogi saylangan.

Uilbur jami 22 985 ovozdan 13 143 tasini qo‘lga kiritgan. Shahar tarixiy hamjamiyatining ma’lumotlariga ko‘ra, bu Rebbit-Hesh tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Foto: Facebook / Rabbit Hash Historical Society

Shuningdek, shahar meri lavozimiga Jek laqabli bigl (ovchi it) va tillarang retriver — Poppi ham kurashgan. Biroq mag‘lubiyatga qaramay, ular o‘zlarini siyosatda sinab ko‘rishi mumkin: ularga Rebbit-Hesh elchisi lavozimlari nasib etgan.

Rebbit-Hesh merligiga saylov o‘tkazish an’anasi 1990-yillar oxirida paydo bo‘lgan. Bu kabi saylovlar yordamida tarixiy hamjamiyat mablag‘ jalb qiladi: ovoz berishni istagan har bir inson 1 dollar to‘lashi kerak.

Foto: Facebook / Rabbit Hash Historical Society

Foto: Facebook / Rabbit Hash Historical Society

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida AQShning Virjiniya shtati politexnika universiteti Mus laqabli labrador-retriver zotli itga veterinariya fanlari doktori unvonini bergan edi.