6-noyabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida himoya kiyimlarida koronavirus bemorini ko‘mayotgan go‘rkovlar.
Foto: Reuters
AQShning Miluoki shtatida COVID-19’ga test topshirish uchun navbatda turgan mashinalar.
Foto: Reuters
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishdan lavha.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Nikaraguaning Bilvi hududida El-Myuel tumanida “Eta” bo‘roni bo‘lgan hududda uychani ta’mirlayotgan erkaklar.
Foto: AFP
Turkiyaning Izmir shahrida zilziladan keyin Bornova stadionida tashkil etilgan maxsus lagerda yurgan ona-bola.
Foto: Getty Images
Gondurasning El-Progreso hududida bananlarga suv tegishidan himoya qilib, Ulua daryosini kechib o‘tayotgan odam.
Foto: AFP
Daniyaning Kopengagen shahrida Xellouin bayramidan qolgan qovoqlar Tivoli ko‘ngilochar bog‘idagi filga nasib qildi.
Foto: Reuters
Italiyaning Milan shahri ko‘chalari qaytadan o‘rnatilgan karantin cheklovlari sababli yana bo‘shab qoldi.
Foto: Reuters
“Eta” bo‘roni Markaziy Amerikaga bir qancha qurbonlar va vayronagarchiliklarni olib keldi. U hududga soatiga 250 kilometr tezlikda kirib kelgan.
Foto: Reuters
AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Vashingtondagi Oy uyda saylovlar natijasi bo‘yicha brifingdan chiqib kelmoqda.
Foto: Reuters
Buyuk Britaniyaning London shahrida karantin cheklovlariga qarshi marshda yuzini niqoblar bilan to‘sib, bezab olgan ayol.
Foto: Reuters
Vashingtonda Oq uy darvozalariga 2020-yilgi saylovlardan keyin “mag‘lub” degan yozuvlar aks etgan qog‘ozlar yopishtirib ketildi.
Foto: Reuters
Nyu-Yorkning Times Square maydonida saylov natijasini kutayotgan odamlardan biri itini bezantirib qo‘yganini ko‘rish mumkin edi.
Foto: Reuters