SpaceX Starship SN8 raketasi prototipining statik olovli sinovlari muvaffaqiyatsiz o‘tdi. Bu haqda “Space.com” nashri xabar tarqatdi.

Foto: Zuma

Sayt ma’lumotlariga ko‘ra mutaxassislar raketaning gidravlik tizim boshqaruvini yo‘qotgan.

Starship SN8’ning sinovlari Texasdagi Boka-Chika qishlog‘ida joylashgan kosmodromda o‘tkazilgan. Tekshiruvlardan keyin Starship’da ayrim detallarning tushib qolayotganini ko‘zga tashlangan. Oqibatda SpaceX raketa ustidan boshqaruv nazoratini yo‘qotgan.

Shunga qaramay raketaning himoyalash klapani yaxshi natijalar ko‘rsatgan. Klapan tufayli apparat ichidagi bosim nosozliklar sabab pasaygan, natijada Starship’ning burun qismida portlash yuz bermagan.

Keyinchalik kompaniya rahbari Ilon Mask Twitter’dagi sahifasida nosozliklarning sabablari hali to‘liq aniqlanmaganini bildirgan.

Prototiplarning deyarli barcha testlari muvaffaqiyatsiz tugagan. 2019-yil noyabr oyida Starship Mk1 germetika sinovi vaqtida portlagan, 2020-yil fevralida Starship SN1 suyuq azot bilan to‘ldirilish vaqtida bo‘linib ketgan. Bahorda Starship SN3 va SN4 ham uchishdan keyin portlagan. Prototiplardan yana biri suyuq azot bilan to‘ldirilayotgan paytida portlagan, ikkinchisi esa yonilg‘i sizib chiqishi oqibatida portlagan. O‘shanda Mask muvaffaqiyatsizliklarni inson omili bilan izohlagan.

Maskning g‘oyasi bo‘yicha Starship kelajakda Oydan Marsga yuklarni yetkazib berib, Yerga qaytadi.