Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Toshkent shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 12-iyun kuni Olmazor tumanida bo‘lib, Toshkent viloyatidagi Toshkent tumanining bir qismini Olmazor tumaniga o‘tkazib, yangi turar joylar va korxonalar barpo etishni taklif qilgan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etishlaricha, Prezidentga taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, 200 gektardan ziyod ushbu hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, maktab, bolalar bog‘chasi, istirohat bog‘i, tijorat zonasi qurilishi ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilning 12-iyunida Olmazor tumaniga tashrifi chog‘ida taqdim etilgan loyiha

Foto: Prezident matbuot xizmati