19-noyabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Monakoning Monte-Karlo hududida shahzoda Jak malika Gabriella bilan Milliy kunni nishonlamoqda.
Foto: AFP
Burkina-Fasoning Kayya shahridagi Kum-Lakr maktabida dars jarayoni. 1000 ga yaqin o‘quvchi maktabning 2 gektar yeridan qo‘nim topishdi.
Foto: Getty Images
Yaponiyaning Hakone hududida ayollar vinoning ilk marta rasman chiqarilgan kunini nishonlash bahonasida cho‘milib vino ichmoqda.
Foto: EPA
Tailandning Bangkok shahridagi qirollik politsiyasining qarorgohidagi muqaddas haykallar hukumatga qarshi namoyishlardan so‘ng bo‘yoqlar bilan qoplangan.
Foto: EPA
Parij shahridagi Luvr muzeyi binosida aks etgan proyeksiya virtual tarzda o‘tkazilayotgan G20 sammiti oldidan Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Salmonni va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni ko‘rsatmoqda.
Foto: Getty Images
Tailand poytaxti Bangkok shahrida 1 oydan beri hukumat iste’fosi va monarxiyaning roli bo‘yicha namoyish hamda ochiq debatlar o‘tkazilmoqda.
Foto: Reuters
AQShning Siettl shahridagi aviazavod avtoturargohi pandemiya sababli buyurtmachilarga yetkazib bera olinmagan yangi Boeing 737 MAX samolyotlari bilan to‘ldi.
Foto: Reuters
Fransiya politsiyasi Parij tashqarisidagi Sen-Deni hududidan joy olgan muhojirlar lagerini tarqatishga kirishdi.
Foto: Reuters
Argentinada abortlarni qonuniylashtirish bo‘yicha qonun loyihasiga qarshi va uni qo‘llab-quvvatlovchilarning aksiyasi o‘tkazildi.
Foto: Reuters
Nikaraguaga kirib kelgan “Yota” bo‘roni tufayli 18 kishi halok bo‘ldi. Talafot mamlakat infratuzilmasiga jiddiy zarar berdi.
Foto: Reuters
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar xatti-harakatlar hududida joylashgan, armiya nazoratiga olingan Fuzuliy va Jabroil shaharlariga tashrif buyurdi.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Palatkalardagi bolalar, sohilga chiqib qolgan kit, internet izlab daraxtga chiqib olgan erkak. 17-noyabr suratlari
- Dengizda o‘tirgan qorbobo, 17 yoshli ona, vayronalar ichidagi sotuvchi. 16-noyabr suratlari
- Itga qo‘yilgan oltin haykal, poygachi kaptarlar, 6 mingta g‘ozni boqayotgan fermer. 13-noyabr suratlari
- Bo‘shab yotgan modalar shahri, ko‘zoynakli it, ustunni quchgan Tramp. 6-noyabr suratlari
- Karantin oldidan qilingan bayram, muzeyga kelgan prezident, telefonlardan qilingan xonaki ko‘rgazma. 5-noyabr suratlari
- Yo‘qolib ketayotgan pingvin, ilk qor bo‘ronlari, kelayotgan ranglar bayrami. 9-noyabr suratlari