Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Termiz shahridagi Beruniy ko‘chasining yangilash loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Termiz shahrining Beruniy ko‘chasida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, masjid, mehmonxona, turar joylar, mahalla guzari va ko‘plab tadbirkorlik subyektlari joylashgan.

“Mazkur markaziy ko‘chaning yangi loyihasiga ko‘ra, rekonstruksiya va qurilish ishlari amalga oshiriladi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Shuningdek, Denov tumanining “Nurli manzil” va “Lochin” mahallalarida energiya tejamkor ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy muassasalar barpo etilishi ko‘zda tutilgan.