Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida Lacetti haydovchisi yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Ma’lumotlarga ko‘ra, 19-noyabr kuni taxminan soat 21:00 larda A-373 avtomobil yo‘lining 15-kilometrida Lacetti haydovchisi yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan Oqoltin tumani Shodlik QFYda yashovchi piyodani urib yuborgan.

Olingan tan jarohatlari oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani IIB tergov guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda piyodani urib ketgan haydovchi voqea joyidan qochib ketgani, Oqoltin tumanida “GAZ-53” yuk mashinasi velosipedchini urib yuborgani, Gulistonda Nexia yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yuborgani, shuningdek, YTHga uchragan Nexia va Chevrolet Niva butunlay yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.