Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 8-turidan o‘rin olgan 21-noyabr, shanba kungi o‘yinlar yakunlandi.

Foto: Twitter

“Yuventus” o‘z maydonida “Kalyari”ni qabul qildi. Uchrashuvning 38-daqiqasida Krishtianu Ronaldu jarima maydoni chizig‘i yonidan aniq zarba yo‘llagan holda hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay portugaliyalik futbolchi dublini nishonladi.

Ikkinchi bo‘limda ham turinliklar vaziyatni nazorat qildi va shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmay qoldi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Yuventus” ochkolarini 16 taga yetkazib olgan holda 2-o‘ringa ko‘tarildi.

“Latsio” Chiro Immobile va Xoakin Korreaning goli evaziga “Krotone”ni taslim etdi. “Atalanta” esa kutilmaganda “Spetsiya”ni mag‘lub etolmadi.

A Seriya

8-tur bahslari

21-noyabr, shanba

“Yuventus” — “Kalyari” 2:0

Gollar: 1:0 – 38 Ronaldu, 2:0 – 42 Ronaldu.

“Yuventus”: Buffon, Demiral, Danilo (Aleks Sandro, 86), de Ligt, Rabyo (Makkenni, 69), Kuadrado, Artur (Bentankur, 85), Kulusevski (Kyeza, 86), Bernardeski, Ronaldu, Morata (Dibala, 69).

“Kalyari”: Kranyo, Tripaldelli (Sottil, 46), Valyukevich, Klavan (Karboni, 70), Pizakane, Unas (Oliva, 81), Marin (Kaligara, 71), Rog, Joao Pedro, Zappa, Simeone (Pavoletti, 81).

Ogohlantirishlar: Rabyo (33), Tripaldelli (35), Danilo (53), Artur (54), Sottil (74).

“Krotone” — “Latsio” 0:2

Gollar: 0:1 – 21 Immobile, 0:2 – 58 Korrea.

“Spetsiya” — “Atalanta” 0:0

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!