Aktrisa Aziza Yoqubova koronavirusning og‘ir formasini boshdan kechirmoqda. U bir necha kun avval poytaxtdagi klinikalardan biriga yotqizilgan. 24-noyabr kuni Azizaning turmush o‘rtog‘i uning ahvoli yaxshilanayotgani haqida ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @aziza_yoqubova

Aziza Yoqubovaning Instagram’dagi sahifasida folloverlari aktrisaga shifo tilamoqda.

“Sizlarni qattiq yaxshi ko‘raman, mehringiz va jonkuyarligingiz uchun katta rahmat. Xudo xohlasa, albatta, tuzalaman. Barcha jonkuyar muxlislarimga rahmat. Alloh barcha bemorlarga shifo bersin. Alloh rozi bo‘lsin sizlardan. Oldingi bachkana videolarim uchun kimningdir ko‘nglini og‘ritgan bo‘lsam, uzr so‘rayman”, — deb yozadi aktrisa.