Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Akrom Sulaymonov

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi

Ta’kidlanishicha, xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Sulaymonov Akrom Isomiddinovich shaharning yangi hokimi sifatida jamoatchilikka tanishtirilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi

Akrom Sulaymonov 1969-yil Chiroqchi tumanida tug‘ilgan bo‘lib, ayni kunga qadar “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi ijrochi direktori lavozimida ishlab kelgan. Shahrisabz shahri hokimi To‘lqin Karimov viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoning Mirzaobod tumaniga Jonibek Yariyev, Sirdaryo tumaniga Botirjon Mirzaqulov hokim etib tayinlangani, Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Sherzod Rahmonov nomzodi tasdiqlangani, Kattaqo‘rg‘on tumaniga 25 kun ichida ikkinchi marta vaqtinchalik hokim tayinlangani haqida xabar berilgan edi.