Santa-Kruzdagi Kaliforniya universiteti astrofizigi Greg Laflin Yer sayyorasining qiymatini baholaydigan o‘z formulasini yaratdi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, sayyora besh kvadrillion dollar turadi, deb yozadi Mail Online.

Foto: Daily Mail

Olim o‘zining hisob-kitoblarida Yerning massasini, uning harorati, yoshi va hayotni ta’minlashga xizmat qiladigan boshqa ko‘plab omillarini hisobga olgan.

Olimning ta’kidlashicha, Yer Quyosh tizimidagi eng qimmat sayyora hisoblanadi. Taqqoslash uchun, Marsning narxi 16 ming dollarni tashkil etadi, xolos. “Qizil sayyora narxining bu qadar pastligi u yerda yashash uchun deyarli sharoit yo‘qligi bilan izohlanadi”, — deydi Laflin.

Astrofizikning hisob-kitobi bo‘yicha, Venera sayyorasi bir sent turadi.

“Men doim ‘yashash zonasidagi yerga o‘xshash sayyora’ tushunchasi yetarlicha aniq emasligi haqida o‘ylaganman. Menga tadqiqotchilar topayotgan sayyoraning qiymatini baholay olishim uchun o‘lchov birligi kerak edi”, — deydi Laflin.

Astrofizikning fikricha, kamida 80 million dollar turadigan sayyoralarni odamlar uchun potensial yangi uy sifatida qarashning foydasi yo‘q.

Avvalroq Yerga qiymati 17,4 milliard dollarlik asteroid yaqinlashayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.