“Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Rahmonali Suropov 29-noyabr kuni infarkt tashxisi bilan og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Jurnalist Nargiza Murodova aktyorning o‘g‘li Suxrob Fayzullayev bilan bog‘landi.

Foto: YouTube

“Uch kun avval dadamni shahar 16-son kasalxonasiga yotqizdik. Ahvollari og‘ir edi. Hozir ham jonlantirish bo‘limida. Xalqimizdan haqlariga duo qilishlarini so‘rayman”, — deydi Suxrob Fayzullayev.

Ayni damda aktyorning shogirdlari ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqqa murojaatnomalar yo‘llab, uning og‘ir xastalik bilan kurashayotgani hamda ustozlari haqqiga duoda bo‘lishlarini so‘rab post qoldirgan.