Xabar berilganidek, “Pandemiya sharoitida turizm” loyihasini tashkil qilgan Turkiya madaniyat va turizm vazirligi o‘zbekistonlik jurnalist va blogerlarni Turkiyaning Istanbul va Antaliya shaharlariga taklif etgan. 

Aytish kerakki, Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi “Sog‘lom Turizm Sertifikati” dasturini amaliyotga joriy etgan. Madaniyat va turizm, Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirligi hamkorlikda o‘tkazayotgan dastur sayyohlik sektori mehmonlari va xodimlarining salomatligi, ularni tashish, joylashtirish borasidagi tatbiq qilinishi shart bo‘lgan tadbirlar ustidan nazoratni amalga oshirmoqda.

Pandemiya vaqtida Turkiyada ta’til o‘tkazmoqchi bo‘lgan mehmonlar uchun COVID-19 testini o‘z ichiga olgan tibbiy sug‘urta paketi mavjud.  Unga ko‘ra, shartnoma bilan kelishilgan aeroportlardan olingan aviachiptalar, pasport nazoratidan oldin turli savdo joylari, tur operatorlari va onlayn kanallar orqali xarid qilish mumkin bo‘lgan 15, 19 va 23 yevrolik sug‘urta paketlari doirasida 3 ming, 5 ming va 7 ming yevrogacha tibbiy xarajatlar qoplanadi. Mehmonlar samolyotdan aeroportgacha, tashish avtotransportidan mehmonxonagacha duch keladigan barcha tafsilotlar va ko‘rilgan xavfsizlik choralarini joyida kuzatish imkoni mavjud.

Safarning ikkinchi kunida ommaviy axborot vositalari vakillari mamlakatning eng ko‘zga ko‘ringan joylari: Sulton Ahmad va Ayo Sofiya masjidlarida bo‘lib, u yerda sayyohlar uchun hozirlangan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Mamlakatda 3 mingdan ortiq masjid bor. Moviy masjid nomi bilan tanilgan Sulton Ahmad masjidi shaharning asosiy maydonida joylashgan va maydon kabi shu nom bilan ataladi. O‘zining ikkinchi – “Moviy rang masjid” nomini u moviy va oq bo‘yoqlar bilan chizilgan o‘ziga xos keramik koshinlari sababli olgan, shu bois masjid ichidan moviy rangda ko‘rinadi. Uning yana bir o‘ziga xos tarafi unda to‘rtta emas, oltita minora borligidir. Qurilish ishlari Turkiyaning o‘sha paytdagi sultoni Ahmad I tomonidan 1609—1616-yillar oralig‘ida amalga oshirilgan. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 10 ming kishi namoz o‘qishi mumkin. Gumbazining balandligi 43 metr, aylanasi 23,5 metr. Oltita minorasi mavjud bo‘lib, ularning uzunligi 64 metrdan iborat.

Qurilishda tosh va marmardan foydalanilgan, 7 yilda bitgan. Masjid bilan birga, Sulton Ahmadda madrasa, shifoxona, oshxona, xayriya jamg‘armasi ham bo‘lgan. Bu yerdagi karvonsaroyni ham XIX asrda shifoxona bilan birga buzishgan. Sulton Ahmad masjid ochilganidan 1 yil o‘tib vafot etgan.

Masjid tuzilishida Vizantiya va klassik Usmonlilar imperiyasi uslubi mujassamlashgan. Gumbaz yarimgumbazlar va diametri 5 metrgacha bo‘lgan massiv kolonnalarda turadi. Asosiy gumbaz hamda yarimgumbazlar Qur’oni Karim suralari va Muhammad alayhissalom so‘zlari bilan bezatilgan. Masjidda 260 ta deraza bo‘lib, ularning aksariyatida vitrajlar (surat solinadigan oynalar) bor.

Ichki bezatish ishlarida 20 mingdan ortiq mavzuli moviy-kulrang qo‘lbola koshinlardan foydalanilgan. Ularda lolalar, liliya, chinnigullarning rasmlari, gulli naqshlarni ko‘rish mumkin. Aynan lolalarning 50 dan ortiq xili bor. Masjidga kirishda bronza eshik hamda oyoq ostidagi gilamni ko‘rish mumkin.

Mehrob marmardan qilingan bo‘lib, uning yonidan bejirim imom minbari o‘rin olgan.

Moviy masjid nomi bilan mashhur Sulton Ahmad masjidi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Moviy masjid nomi bilan mashhur Sulton Ahmad masjidini ko‘rish istagida bo‘lgan sayyohlar soni yetarlicha.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sulton Ahmad masjidiga kirish oldidan har bir tashrif buyuruvchi xotin-qizlar boshida ro‘mol yoki bosh kiyimi bilan kirishi lozim. Kiyinishda ham ma’lum qoidalarga amal qilish so‘raladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sulton Ahmad masjidi darvozasidan Ayo Sofiya masjidiga qaraganda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sulton Ahmad masjidi ichkarisida ziyoratchilarga xalaqit bermagan holda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masjidda masjid haqqiga namoz o‘qish istagidagi ziyoratchilar ko‘p.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Erkaklar hududida ayollar ham namoz o‘qish jarayonini kuzatishlari mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Namoz suralari qayd etilgan peshtaxta.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masjid hududining xaritasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tashrif buyuruvchilar oyoq kiyimlarini yechgan holda o‘zlari bilan plastik paketda olib kirishlari mumkin. Bu yerda poyabzallar uchun maxsus javonlar tashkil etilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tashrif buyuruvchilar oyoq kiyimlarini yechgan holda o‘zlari bilan plastik paketda olib kirishlari mumkin. Bu yerda poyabzallar uchun maxsus javonlar tashkil etilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masjidda namoz o‘qiganda ham masofa saqlash so‘raladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masjid ichkarisi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Namoz o‘qish jarayoni.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masjidda tozalikka katta e’tibor beriladi. Har 2 soatda kichik tozalash ishlari olib boriladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Boshqa din vakillarining Islom dini haqidagi savollariga javob berish uchun ma’lumotnoma markazi ishlab turadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ayollar uchun namoz o‘qish hududi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Oyoq kiyimlar mana shu maxsus javonlarga qo‘yiladi. Ziyoratchilar mana shu yerdan ularni olib tashqariga yo‘nalishi mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masjidning chiqish joyida xayr-ehson uchun maxsus budkada pul qoldirish mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sulton Ahmad masjidida hozirda ta’mirlash ishlari jadal ketyapti.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ziyoratchilar uchun hojatxona.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ayo Sofiya masjidi hududida ham ijtimoiy masofa masalasiga qattiq e’tibor berilmoqda. Bu haqda ogohlantiruvchi yozuvlarni har qadamda uchratish mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Turkiyaning barcha bozorlari, do‘konlari, jamoat transportlarida niqob taqish majburiy sanaladi. Istanbul, Anqara, Izmir, Mug‘la va boshqa shaharlarda jamoat joylarida niqob taqish majburiy. Ijtimoiy masofa (1,5 metrdan kam bo‘lmagan) saqlamaslik va niqob taqmaslik jarimalarga sabab bo‘ladi.

Ayo Sofiya masjidining tashqi ko‘rinishi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Vizantiya, ya’ni Sharqiy Rim imperiyasining poytaxti Konstantinopol, hozirgi Istanbuldagi Ayo Sofiya cherkovi hali Islom bu yerlarga kelishidan avval milodiy 532-537-yillarda imperator Yustinianus tomonidan qurilgan va deyarli ming yil davomida dunyoning eng katta cherkovi bo‘lib kelgan.

O‘z haybati bilan asrlar davomida insonlarni lol qoldirgan Konstantinopol shahri va Ayo Sofiya cherkovining xristian dunyosida ahamiyati shunchalik kattaki, Vatikan Katolik xristianlarining poytaxti bo‘lsa, Konstantinopol Provaslav-Ortodoks xristianlarining poytaxti va Ayo Sofiya cherkovi ularning dunyodagi markaziy ibodatxonasi bo‘lgan. Butun dunyodagi Provaslav-Ortodoks xristianlari shu cherkovdan boshqarilgan.

Konstantinopol 1453-yilda fotih Sulton Mahmud tomonidan fath etilgach shahar nomi Islombo‘lga o‘zgartiriladi va keyinchalik Istambul deya atala boshlandi. Shundan so‘ng Ayo Sofiya masjidga aylantiriladi. O‘shanda shahar aholisi musulmonlardan qo‘rqib hammalari Ayo Sofiyaga kirib, berkinib olishgan edi. Sulton Mahmud esa Islomning bag‘rikengligini ko‘rsatib, ularning hammasini kechirgan va moli-jonini omon qoldirgan.

Shundan keyin Ayo Sofiya 481 yil musulmonlarning masjidi bo‘lib xizmat qiladi. 1934-yil esa Mustafo Kamol Otaturk qarori bilan muzeyga aylantiriladi va hozirgi kungacha sayyohlar ziyorat qiladigan muzey holida edi. 2020-yil 10-iyulda Turkiya Oliy sudi Otaturkning bu qarorini bekor qildi va Ayo Sofiya yana qaytadan masjidga aylantirildi.

Masjidga kirish qismida turizm politsiyasi vakillarini ko‘rish mumkin. Ular pandemiya qoidalariga amal qilinishi hamda tartib-intizomga javobgar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masjidda oyoq ostiga qarab yurishni iltimos qiluvchi maxsus tablichkalarni ham ko‘rsa bo‘ladi.

Masjidga ayollar ro‘mol yoki bosh kiyimi bilan kirishlari talab etiladi. Ro‘moli yo‘q ayollar uni maxsus do‘konchadan xarid qilishlari mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masjidga kirish qismi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ayo Sofiyaga kirish oldidan o‘ng tarafda tahorat uchun fontanni ko‘rish mumkin. U rokoko uslubida 1740-yillarda bunyod etilgan. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu yerda ibodatxona davridagi qadimiy naqshlar va yozuvlarni uchratish mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masjidga oyoq kiyimi yechib, maxsus javonda qoldirilib kiriladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masjidning yo‘lagi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Erkaklar uchun namoz o‘qish zali.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masjidning kirish yo‘lagi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ijtimoiy masofa saqlash va namoz vaqtida bir-biriga xalaqit bermaslik uchun qo‘yilgan maxsus belgilar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masjidda hozirda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Usmonlilar davridan qolgan qandillar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Podshohlarga toj kiydirish hududi. Bu yerda bir vaqtlar Vizantiya imperatorining taxti joylashgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masjidda ayollar ham namoz o‘qishi uchun joy hozirlangan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman